Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish rivojlangan mamlakatlarni kambag‘al davlatlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga, jumladan, milliy daromadlarining bir qismini rivojlanayotgan iqtisodlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishga chaqirdi.

“Rivojlanayotgan mamlakatlar eng kam rivojlangan davlatlarga taraqqiy etishi uchun rasmiy yordam  tariqasida yalpi milliy daromadining 0,15-0,20 foizini berish majburiyatini bajarish vaqti keldi”, dedi Guterrish BMTning kam rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha Doxada o‘tayotgan beshinchi konferensiyasida so‘zlagan nutqida. 

Uning ta’kidlaganidek, BMT hali ham rivojlanayotgan mamlakatlarga yiliga kamida 500 milliard dollar berish mexanizmini ishlab chiqishga harakat qilmoqda, bu esa Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun rag‘bat bo‘lishi kerak.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z daromadlarining katta qismini davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga sarflaydi.

“Buning kamida 25 ta rivojlanayotgan iqtisodlar davlat daromadlarining 20 foizdan ortig‘ini maktablar qurish,  oziq-ovqat, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga emas, balki faqat qarz to‘lovi xizmatiga sarflamoqda. Ayrim mamlakatlarda qarzga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar 35 foizga o‘sgan”, deb qo‘shimcha qildi Guterrish.

 

O‘zA