O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 28 mart kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamrohligida Rossiya Federatsiyasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston hukumati nomidan Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenevga Rossiyaning Kemerovo shahrida ko‘plab insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan yong‘in munosabati bilan ta’ziya bildirildi.
Hamdardlik kitobiga mazkur fojiada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qilingan so‘zlar yozib qoldirildi.
O‘zA