Kuala-Lumpurning markaziy ko‘chasidagi mashhur «Petronas Twin Towers» egizak binolari ro‘parasidagi katta ekranda bugundan boshlab O‘zbekistonga oid videorolik aylana boshlandi.
Shaharning eng gavjum ko‘chasida yurtimizning boy madaniy merosi, zamonaviy arxitekturasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilishi o‘zbek madaniyatini ommalashtirish, Malayziya aholisi va bu diyorga tashrif buyuruvchi ko‘p sonli xorijlik mehmonlar orasida o‘lkamiz sayyohlik salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan.
O‘zA