Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo‘yicha qo‘mitaning mamlakat ob-havoshunoslariga tayanib aholini hamda mehmonlarni kelgusi bir necha kun «Dushanbe – Xo‘jand», «Dushanbe – Rasht», «Dushanbe – Sangvor», «Dushanbe – Laxsh», «Kulob – Darvaz», «Vanch – Xorog», «Xorog – Ishkashim», «Xorog – Murg‘ob» avtomobil yo‘llarida qor ko‘chishi, toshqinlar va tosh qulashi xavfi yuqori darajada saylanayotgani haqida ogohlantirdi. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqda xabar tarqatdi.

Haydovchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘llarning tog‘li uchastkalarida qutqaruv guruhlari navbatchilik qilmoqda.

Aholiga xavfli uchastkalarga bormaslik, tog‘li massivlarga sayohatga chiqmaslik, tog‘ dovonlarida va avtomobil yo‘llarida harakat qilmaslik tavsiya qilingan. Qolaversa, tog‘li hududda odamlarning o‘tin terishi, uy hayvonlarini boqishi, ov qilish va baliq tutishi xavfli ekani aytiladi xabarda.