MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi 4 mart kuni Tehronga tashrifi chog‘ida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashadi. Yetakchilar yadroviy kelishuv bo‘yicha “muloqotni qayta boshlash”ni muhokama qilishlari rejalanmoqda, deb xabar berdi “Euronews” telekanali.

Diplomatik manbalarga ko‘ra, Grossi Tehronga faqat Raisiy bilan muzokaralar o‘tkazish sharti bilan borishini aniq aytgan. 

Hamkorlikning yomonlashgani fonida MAGATE rahbari “munosabatlarni yuqori darajada qayta boshlashni istaydi”.

“Fars” agentligining xabar berishicha, Grossi Tehronga 3 mart kuni yetib boradi va Eron rasmiylari bilan uchrashib, dolzarb masalalarni muhokama qiladi”.

 

O‘zA