Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja Gaziantep shahrida “Jasur ritsar-2” amaliyoti doirasida tashkil etilgan Birlashgan Arab Amirliklari dala shifoxonasiga bordi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi xabar berdi.

Mulozim 50 o‘rinli tezkor terapiya, 4 o‘rinli reanimatsiya va statsionar bo‘lim, tez yordam, jarrohlik amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan shifoxonadagi mavjud tibbiy xizmatlarni yuqori baholadi.

Tibbiy xizmat majmuasi qo‘mondoni, brigada generali doktor Sarxon An-Niyodiy va bir necha shifokor mutasaddilarga kasalxonaning imkoniyati, hamshiralar, tibbiy, texnik va ma’muriy mutaxassislar haqida ma’lumot berdilar.

 

Muharrama Pirmatova,

O‘zA