FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida “Yoshlar va qonun” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlovda uning quyi bosqichlarida saralangan 8 jamoa ishtirok etdi.
Jamoalar to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 14-18 yosh toifasida Nukus shahri Xalqlar do‘stligi mahallasidan “Qonun himoyachilari” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 18-30 yosh toifasida o‘tkazilgan bahslarda esa Nukus shahar Navbahor mahallasidan “Yosh huquqshunoslar” jamoasi g‘olib bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA