Moldova hukumati MDH doirasida imzolangan kelishuvlarning dolzarbligini tahlildan o‘tkazadi va o‘nlab hujjatlarning amal qilishini to‘xtatish niyatida, deb ma’lum qildi Moldova bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Niku Popesku.
“Shuni ma’lum qilishim mumkinki, shu kunlarda biz MDH bilan imzolangan o‘nlab hujjatlarni denonsatsiya qilish jarayonini boshlaymiz, vazirligimiz MDH bilan imzolangan ko‘plab hujjatlarning dolzarbligini (relevantlik) tahlildan o‘tkazmoqda. Biz ularning ro‘yxatini tuzamiz va matbuotda e’lon qilamiz. Xotiramga tayanib aytishim mumkinki, Tashqi ishlar vazirligi yo‘nalishida 20 ga yaqin bitim bekor qilinadi”, – dedi Popesku Jurnal TV telekanali efirida chiqish qilib.
Uning aytishicha, respublika Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishga intilmoqda, shu bois asosiy e’tibor MDH bilan imzolangan Yevropa qonunchiligiga to‘g‘ri kelmaydigan bitimlarga qaratiladi.
Popeskuning ta’kidlashicha, qator bitimlarni bekor qilish jarayoni vaqt talab qiladi, chunki bunday qarorga kelish uchun asoslangan sabab ko‘rsatilishi kerak.
Xabarda keltirilishicha, Moldova MDH doirasida 300 dan ortiq bitim imzolagan.