Istanbul meriyasi qulash ehtimoli juda yuqori bo‘lgan 318 ta binoni buzishni boshladi, deb bayonot berdi shahar meri Akram Imomo‘g‘li.

Istanbulda aholisi 10 ming kishini tashkil etgan kamida 318 bino istalgan vaqtda yer silkinishi oqibatida qulab tushishi mumkin bo‘lgan imoratlar toifasiga kiritildi, dedi shahar meriyasi bosh kotibining yordamchisi Bugra Gyokche.  

Shahar hokimiyati 2019 yilda Istanbul texnika universiteti  bilan birgalikda shahardagi uylarning nurash ehtimolini  ko‘nggilli ravishda tekin baholash dasturini ishga tushirgan edi. O‘tgan hafta mazkur dastur 318 ta bino istalgan vaqtda qulashi mumkinligini aniqlashdi, yana 1 ming 525 ta uy D va E – yuqori xavflilik toifasiga kiritilgan. Shu bilan birga, 3 yil ichida qariyb  30 mingta murojaat ko‘rib chiqilgan. 6 fevraldagi zilziladan keyin 40 mingtacha murojaat olindi. Ushbu murojaatlarning ko‘pchiligida uylar zudlik bilan tekshirilishi talab qilingan.