Bugun, 23 fevral kuni Yaponiyada bir necha ming kishi Imperator Naruxitoni 63 yoshga to‘lgan kuni bilan tabriklash uchun Tokio markazidagi saroyga keldi.

“Men tug‘ilgan kunim munosabati bilan birinchi marta bunday tabriklarni olaman va bundan nihoyatda xursandman”, dedi Imperator saroy balkonidan yig‘ilganlarga murojaat qilib.

Naruxito Imperator xonim Masako va oilaning boshqa a’zolari bilan birga uch marta o‘q o‘tkazmaydigan oyna bilan himoyalangan balkonga chiqib, to‘planganlarni qarshilashdi.

Naruxitoning tavallud kuniga bag‘ishlangan an’anaviy marosim birinchi marta o‘tkazilmoqda, avvalgi yillar koronovirus sababli u bekor qilingan edi.

Bu yil qutlamalar qisqartirilgan formatda o‘tkazildi – lotereya o‘ynab omadi chopgan 4 ming 800ga yaqin kishi saroyga kela oldi. Mahalliy telekanallar saroydagi marosimdan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etishdi.

2019 yil 1 mayda otasi Akixito (1933 yilda tug‘ilgan) keksayib qolgani sababli taxtdan voz kechganidan keyin Naruxito Imperator lavozimini egallagan edi.

U Gakusyuin va Oksford universitetlarini tamomlagan.

Bo‘sh paytida yugurish va alpinizm bilan shug‘ullanadi.

 

O‘zA