Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi bo‘yicha yakuniy xulosa bo‘yicha jurnalistlar bilan o‘rtoqlashgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdullaziz Komilov Afg‘onistondagi murkkab vaziyatga yechim topish bo‘yicha oz bo‘lsa-da umid borligini ma’lum qildi.
Deyarli qirq yildan beri tinmayotgan afg‘on urushida aslida g‘olib ham, mag‘lub ham yo‘q. Ya’ni bu maqsadsiz urushga nuqta qo‘yilmas emas afg‘on muammosi barham topmaydi.
Toshkent konferensiyasiga ko‘plab davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan vakillar kelib, afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildiribgina qolmay, Afg‘onistonda tinch hayot tiklanishi va uning barqaror rivojlanishi uchun barcha zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
Toshkent konferensiyasiga ko‘plab davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan vakillar kelib, afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildiribgina qolmay, Afg‘onistonda tinch hayot tiklanishi va uning barqaror rivojlanishi uchun barcha zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
Konferensiya afg‘on muammosi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maydonini yaratdi va bu boradagi davomli jarayonni boshlab berdi.
Endilikda afg‘on xalqi ham ushbu maqsad yo‘lida birlashishi zarur. Mamlakat hukumati va muxolifat qayerda, qachon uchrashishi, muzokaraga kirishishini o‘zi hal qilishi kerak. Ushbu masalada tashqi kuchlar ularga xalaqit bermasligi zarur.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev konferensiyada qilgan ma’ruzasida ham bu masalaga to‘xtalib, ”O‘zbekiston Qabul jarayoni doirasidagi ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afg‘oniston hukumati bilan “Tolibon” harakatining “oldidan shart qo‘ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik” asosida to‘g‘rida-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshlash haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb alohida qayd etdi.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hamkorlik aloqalarini izchil davom ettiradi. Madaniy, ta’lim va iqtisodiy sohalarda afg‘on xalqiga yordam beradi. Afg‘on yoshlarini o‘qitish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuziladi. Umuman aytganda, asosiy maqsadimiz Afg‘onistonda tinchlik ta’minlanishiga, afg‘on xalqi farovonligiga erishishdir.
Norgul Abduraimova, O‘zA