Jahon banki prezidenti Devid Malpass yaqin oylarda o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi, deyiladi xabarda.
U hamkasblariga Jahon banki prezidentligi lavozimini 2023 yilning oxirigacha tark etishi haqida bank kengashini xabardor qilganini ma’lum qilgan. “Men asosiy ish yo‘nalishimizda siljish bo‘lganidan juda xursandman va keyingi bir necha oy yangi rahbarni almashtirish sokin kechishi uchun juda yaxshi imkoniyat”, – degan Malpass xodimlariga.
Blumberg agentligining xabariga ko‘ra, gap bu yerda muddatidan oldin iste’fo haqida bormoqda. Malpassning o‘zi esa qaroriga nima sabab bo‘lganini oshkor etmagan.
Devid Malpass kelib chiqishi amerikalik bo‘lib, hisob bo‘yicha Jahon bankining 13-prezidenti bo‘ldi. U mazkur lavozimni 2019 yil 5 aprelda egallagan edi.