NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg joriy yilning sentyabr oyida tugaydigan vakolat muddatini uzaytirish niyati yo‘q. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansining rasmiy vakili Oana Lungesku “DPA” agentligiga ma’lum qildi.
“U yana bir marta mandatini uzaytirish niyatida emas”, dedi u.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Stoltenbergning vakolat muddati uch marta uzaytirilgan, u deyarli to‘qqiz yildan beri Bosh kotib lavozimida ishlab kelmoqda.
“Politico” gazetasi 30 yanvarda o‘z manbalariga tayanib, NATOning aksariyat a’zolari Stoltenbergning vakolat muddatining uzaytirilishi aniq ekanini yozib chiqqan edi.
O‘zA