Indoneziya sohillarida 6 magnituda kuch bilan zilzila ro‘y berdi, deb yozmoqda “Izvestiya” Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markaziga tayanib.
Xabarda ta’kidlanishicha, zilzilaning markazi aholisi 10 ming kishini tashkil etadigan Tobelo shahridan 239 kilometr shimoli-g‘arbda kuzatilgan. Zilzila uchog‘i chuqurligi 45 kilometr atrofida bo‘lgan.
Vayronagarchiliklar yoki qurbonlar haqida ma’lumot berilmadi, deyilmoqda Sputnik radiosi tarqatgan xabarda.