AQSHning Webster universiteti professorlaridan iborat delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.
SamDTU rektori Jasur Rizayev, xalqaro aloqalar, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar ishtirok etgan muzokaralarda tomonlar o‘quv, ilmiy va innovatsion jarayonlarning tashkil etilishi, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha fikr almashdi. Ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorlik jarayonlari haqida so‘z yuritilib, tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan “Oliy hamshiralik”, “Sog‘liqni saqlashda menejment”, “Sog‘liqni saqlashning iqtisodiy yo‘nalishi” mutaxassisliklari bugungi kun tibbiyotida alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Mehmonlar universitetning yangi binosi va eng so‘nggi rusumdagi tibbiyot jihozlari bilan ta’minlangan o‘quv laboratoriyalari, amaliyot xonalari, axborot resurs markazi va universitet tarixini aks ettiruvchi muzey bilan tanishib, oliygoh faoliyatini yuqori baholadi.
Nilufar Bozorova,
O‘zA