Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kegeyli tumanida dam olish maskanini qurishdagi talon-torojlik aniqlandi

Jumladan, “A.B” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Ya.B.I” kompaniyasi mas’ul shaxslari tumanda aholi uchun dam olish maskanini qurishda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozgan. Natijada  jami 214,3 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari  o‘tkazilmoqda.


Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri