Suriyada yuz bergan zilziladan keyin suriyaliklar uchun insonparvarlik yordamini yetkazishga hech qanday sanksiya xalaqit qilmasligi kerak, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga.
“Hozir barcha shuni aniq bilishi kerakki, ayni damlarda Suriya xalqiga yordam ko‘rsatishga hech qanday sanksiya to‘siq bo‘lolmaydi”, – dedi Guterrish zilziladan keyin Suriyaga joriy qilingan sanksiyalar bir tomonlama bekor qilinishi mumkinmi, deb berilgan savolga javob bera turib.
Dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida yuz bergan zilzila kuchi Suriyaga ham ta’sir qildi. Bu yerda hozirgacha zilzila qurbonlari 1,2 ming kishiga yetgani, ikki mingdan ziyod kishi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgani aytilmoqda. Ayni paytda vayronalarni tozalash ishlari davom etmoqda.