Joriy yil 9 fevral kuni Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “Gazprom” OAJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller va Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri Bolat Akchulakov ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda joriy yil yanvar oyida imzolangan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.

 

O‘zA