Bugun 9 fevral – ulug‘ shoir va mutafakkir mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan kun.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonimizning barcha go‘shalaridagi kabi Jizzax viloyatida ham Buyuk shoirning tavallud kuni keng nishonlanib, joylarda Navoiyxonlik kechalari tashkil etilayotir va ulug‘ mutafakkirning g‘azallaridan namunalar o‘qilmoqda.
Mir Alisher Navoiy g‘azallarini yoddan bilmagan o‘zbek O‘zbekistonda bo‘lmasa kerak. Jumladan, jizzaxlik – vrach, xizmatchi, ichki ishlar xodimi, o‘qituvchi, talaba va jurnalistlar ijrosida hazrat Navoiyning “Kelmadi” g‘azalini yoddan o‘qib berganlarini tasvirga muhirlab oldik.
A.QAYUMOV (video), O‘zA