Amerikaning Iqtisodiyot va biznes bo‘yicha milliy assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSH kompaniyalarining qariyb 20 foizi 2023 yilda iqtisodiy vaziyat yomonlashgani bois xodimlar shtatini qisqartirishi mumkin. Amerikaning Goldman Sachs banki allaqachon 3,2 ming ish o‘rnini qisqartirishga kirishgan. Microsoft korporatsiyasi ham bu yil taxminan 10 ming ishchisini qisqartirishini ma’lum qilgandi.

The Seattle Times gazetasi esa o‘zining dushanba kungi sonida Boeing aviasozlik korporatsiyasi 2023 yilda 2 mingga yaqin xodimini qisqartiradi, deb yozdi.

Mazkur choralar ekspertlarning fikricha, dunyo iqtisodiyotining sekinlashuvi hamda odamlarning pandemiyadan keyin iste’mol xarajatlarini kamaytirayotgani bilan bog‘liq.

Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi AQSH keyingi 12 oyda retsessiya va ishsizlik muammosiga duch kelishini yozgan edi.