“Kutilmagan yuqori harorat: Yevropada yanvar kuzatuv tarixidagi uchinchi eng iliq oy bo‘ldi”, – deyiladi Yevroittifoqning Yerni kuzatish bo‘yicha Copernicus dasturi tarqatgan xabarda.
Yevropaning katta qismida, jumladan, Bolqonda va Sharqiy Yevropada havo harorati o‘rtachadan yuqori bo‘ldi, deya ma’lum qilgan Copernicus. Bundan tashqari, haroratning ko‘tarilishi AQSH sharqida, Kanada va Meksikada hamda Rossiya g‘arbida ham kuzatilgan.
Shunga qaramay, Sibirda harorat o‘rtachadan past bo‘lgani qayd etilgan, shuningdek, Afg‘oniston, Pokiston va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar hamda Avstraliyada ham harorat pasaygani kuzatilgan.
Tashkilotning yozishicha, qayd etilgan mazkur harorat sayyoramizning ko‘plab hududlarida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liqdir va bu ham kelajakdagi kutilmagan holatlardan ogohlantirish hisoblanadi.