7 fevral kuni Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Turkiyaga yetib bordi. Ayni paytda ular 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiluvchi Hatay viloyatining Ovakenti va Jumabozor qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Bugun, 8 fevral soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilgan va 9 kishi (5 nafar erkak va 4 nafar ayoldan iborat)  tirik holda qutqarilgan.  Yana 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqilib,

9 nafar turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarilgan insonlarga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qutqaruv ishlari 24 soat uzluksiz yo‘lga qo‘yilgan. Bunda O‘zbekistonlik qutqaruvchilarga Turkiya Milliy qutqaruvchilar guruhi  (UMKE) mutaxassislari yordam bermoqda.

«Anadolu» agentligiga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 894 nafarga yetgan, 34 810 kishi turli ko‘rinishda jabrlangan. Shuningdek, yer silkinishi oqibatida vayronalar ostidan 8 ming kishi qutqarilgan.