O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoyishi bilan polkovnik Farrux Nartojiyevich Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi.

Farrux Nartojiyevich ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.