Prezidentimiz elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini ta’kidladi.
Jumladan, panel o‘rnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boshqa iste’molchilarga ham sotishi mumkin bo‘ladi.
Aholi o‘z xonadonida panel o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming so‘mdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 so‘m).
Har oyda hisob-kitob qilib, mablag‘lar xonadon egasining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
O‘zA