O‘zbekistonlik ikki nafar bodibildingchi topshirgan test natijalarida taqiqlangan modda borligi aniqlandi. Bu haqda Xalqaro bodibilding federatsiyasi (IBF) xabar berdi.

Mamlakatimiz bodibilding ustalaridan Tixon Galaktionovda testosteron va stanozolol moddalari aniqlangan bo‘lsa, Milena Prudskixda torasemid (diuretik) moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Bu esa har ikki sportchini 2026 yil noyabr oyiga qadar sport musobaqalarida ishtirok etishdan chetlashtirishga olib keldi, deyiladi xabarda.

 

O‘zA