Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan muloqot qilmoqda.

Muloqotda davlatimiz rahbari maktab o‘quvchilari va majburiy mehnat haqida ham to‘xtaldi.

–Bu qarorni (maktab o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb etishni taqiqlash) qabul qilish oson bo‘lgani yo‘q.

Bolalarimiz 7-sinfdan chiqardi paxtaga. Tasavvur qiling, yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni ko‘tarishga majbur edi. Shu tufayli qancha kasalliklar orttirib olinardi, ba’zi holatlarda uni davolashga ham imkoniyat bo‘lmasdi.

Vaholanki, ularning qanchadan-qancha orzulari bor edi, ular farzand ko‘rishi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA