Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.
– Men bugun 590 ming nafar ustoz-muallimlar, murabbiylarga murojaat qilmoqchiman. bugungi yoshlarimizning talabi juda katta.
Oddiygina telefonni katta avlod tushunmaydi. Ammo uni kuzatgan bolalarimiz biz kattalarga savol berib qiyin vaziyatga solib qo‘yishyapti. Dunyo voqealariga oid masalalarga qiziqishyapti.
Farzandlarimizni aldab bo‘lmaydi. Bugun informatsion texnologiyalarni sinfxonaga kirgan o‘qituvchiga nisbatan o‘quvchilar ko‘proq bilishadi, desak to‘g‘ri bo‘ladi, – Prezident.
O‘zA