—Uy, ishxona, bog‘cha, maktab va ko‘chalarda odamlarimizga energiyaning qadriga yetish, uni tejashni o‘rgatish kerak. Qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlash zarur.

Shu bilan birga, kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish keskin oshiriladi.

Misol uchun, Toshkent viloyatida Olmaliq, Bekobod kombinatlari va boshqa yirik korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun 1 ming megavattli quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatsa, yiliga 2,5 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.

Bu orqali, Toshkent viloyatining qariyb 30 foiz elektr iste’moli ta’minlanadi va 500 million kub metr gaz tejaladi.

Xuddi shunday, boshqa viloyatlar ham, hisob-kitoblarini qilib, kelgusi yil uchun aniq rejalarini belgilab olishi kerak.

Shu bilan birga, respublikaning har bir tuman va shahar hokimi ham o‘z hududidagi xonadon va korxonalarda jami 5-10 megavattli qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishi shart, — Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA