Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va «YeOII QMI» assotsiatsiyasi hamkorligida qurilish materiallari sohasida standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Oflayn va onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda 70 dan ziyod kishi ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev bozor jadal o‘sishi va mahsulot turi ko‘payishini hisobga olgan holda tegishli masalalarni ko‘rib chiqish mahsulotga talabni shakllantirishda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida kelishuvga erishish, inson salomatligi hamda atrof-muhit uchun xavfsizlikni ta’minlashni ta’kidladi.

Seminar ayni yo‘nalishdagi ilk tadbir bo‘ldi. Elektrotexnika sanoatiga bag‘ishlanadigan navbatdagi anjuman dekabr oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan.

 

O‘zA