FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida joriy yilning 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha final bosqichi «B» liga musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 280 nafar sportchi o‘zaro bellashadi. Bugun Nukus temir yo‘l vokzalida musobaqa qatnashchilari tantanali kutib olindi. Musobaqa 1-dekabrdan Nukus shahar 1-sonli sport maktabi bazasida boshlanadi. Bellashuvlar 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA