Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tashrifini yakunladi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi ham bo‘ldi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning ham alohida hissasi borligi qayd etildi. Shu munosabat bilan uni Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Turkiya rahbariga bu mukofotni Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

I.AVVALBOEV, A.ABDULLAEV, J.NORQOBILOV (foto), O‘zA