Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida infratuzilma masalasi haligacha dolzarb bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Ushbu masalalarni hal etish uchun 200 milliard so‘m ajratilsa, kamida 3 million turistni jalb qilish mumkin.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm mahallalarida yo‘l, elektr, suv va internet muammosini hal etish bo‘yicha hukumat qarorini kiritish;

ushbu dasturni moliyalashtirishga yiliga 200 milliard so‘m ajratish;

yil yakunigacha oilaviy mehmonxonalarni ko‘paytirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlariga qo‘shimcha 500 milliard so‘m yo‘naltirish;

kelgusi yil 1 aprelga qadar Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish topshirildi.

O‘zA