O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun bugun Samarqandga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga borib, Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi. O‘zbekistoning Birinchi Prezidenti haqiga qur’on tilovat qilindi.

S.Berdimuhamedovga mazkur majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.

O‘zA

Siroj ASLONOV,  Jonibek QO‘ZIMURODOV,
olgan suratlar.