Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng chekka hududlarida yopiq suzish havzalari quriladi

2017-2021 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy, Kegeyli, Qorao‘zak, Nukus, Xo‘jayli, Sho‘manoy, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot, Amudaryo, To‘rtko‘l, Ellikqal’a tumanlaridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablarida 11 yopiq suv havzalari yangidan barpo etiladi.

Jami 35,2 milliard so‘m mablag‘ sarf etilishi rejalashtirilgan ushbu obyektlarning to‘rttasi joriy yilda foydalanishga topshiriladi. Amudaryo, Chimboy, Qorao‘zak tumanlarida 25×11 o‘lchamdagi yopiq suzish havzasi yangidan qurilib, Ellikqal’a tumanidagi yopiq suzish havzasi rekonstruksiya qilinadi.

Anvar Nasirlayev, O‘zA