Amerika fuqarolarining yarmidan ko‘pi AQSH Prezidenti Jo Baydenning amaldagi tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydi.

“The Economist” nashri “YouGov” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natiijalari shundan dalolat bermoqda.

“YouGov” Britaniyaning butun dunyoda ijtimoiy va marketing so‘rovlari o‘tkazishga ixtisoslashgan kompaniyasidir.

Bayden tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydigan respondentlarning jami 50,47 foizidan 36,7 foizi keskin va 13,77 foizi qisman qarshi ekani ayon bo‘lgan.

So‘rovda qatnashgan amerikaliklarning 40,23 foizi amaldagi Prezidentning tashqi siyosatini ma’qullaydi, ulardan atigi 15,68 foizi to‘liq tarafdor.

13-16 avgust kunlari o‘tkazilgan tadqiqotd bir yarim ming, asosan, katta yoshli fuqarolar ishtirok etdi. Natijaning ehtimoliy xatosi, taxminan, 3 foiz bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.