O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifning birinchi manzili – muqaddas Madina shahriga keldi.

Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutiboldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning  muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yo‘l oldi.