Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakat parlamentiga qilgan Murojaatnomasida belgilangan muhim vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligida Yoshlar ittifoqi a’zolari bo‘lgan 55 nafar yigit va qizlar moliya vazirligida ishga qabul qilindik. Oramizdan 9 nafar yoshlarga ishonch bildirilib rahbarlik lavozimiga tayinlandi. 

Qoraqalpog‘iston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlarida tahsil olayotgan

50 nafar bitiruvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida “ustoz-shogird” tizimi asosida moliya bo‘limlarining malakali mutaxassislariga biriktirilgani biz, yoshlarga katta quvonch baxsh etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligida yoshlar uchun xorijiy tillar va psixologiya kurslarining tashkil etilgani foydali va quvonarli holdir.

Yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangiliklar, innovatsion g‘oyalar asosida bor kuch g‘ayratimizni safarbar qilishga va’da beramiz.

Qoraqalpog‘istonlik bir 
guruh yoshlardan.

 

O‘zA