O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 1961 yil 24 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U 1983 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tugatgan. Abdulla Aripov mehnat faoliyatini 1983 yil Toshkent telefon-telegraf stansiyasida muhandislikdan boshlab, o‘tgan yillarda qator mas’ul lavozimlarda ishladi.

Xususan, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yil 12 dekabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlikka nomzodi ko‘rsatilib, 14 dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.

2020 yilning 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati  Prezidentining Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqib, Abdulla Aripovni Bosh vazir etib tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.

Abdulla Aripov “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

E-mail: pochta@uza.uzuzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!