O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga Florida shtatining Marjori Stounmen Duglas shahrida ro‘y bergan shafqatsiz jinoyat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘z xatida Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etdi.