O‘zbekiston Respublikasi muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qat’iy qoralaydi.

Tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlari Afg‘onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi.

O‘zA