Yurtimizda 300ga yaqin neft-gaz konlari mavjud bo‘lib, ularning zaxirasi 40 yilga yetishi aniqlangan. Shu bilan birga, uran xomashyosi bo‘yicha ham 15 yilga yetadigan zaxira mavjud. Hozirgi kunda taxminan 50 mlrd. kub atrofidagi gaz bor. Bu haqda Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi vakili Erkin Nazarov «OʼzLiDeP press-klubi»ning navbatdagi sonida ma’lum qildi.
Nazarov bundan keyin ham geologiya qidiruv ishlari amalga oshirish natijasida yana zaxiralar yildan-yilga topilishi mumkinligini ta’kidladi.
«Bu 40 yilda zaxiramiz tugaydi, degan gap emas. Har yili geologiya qidiruv ishlari amalga oshiriladi va neft, gaz, uran va boshqa xomashyolar bo‘yicha to‘liq zaxiralar aniqlanib boriladi», deya qo‘shimcha qildi qo‘mita vakili.
O‘zA