Pilla etishtirish mavsumi qizǵin davom etmoqda

274

Yurtimizda har yili bahor fasli kirib kelishi bilan barcha hududlarda pillachilik mavsumi boshlanadi. Bu — nafaqat milliy boylik, balki minglab oilalar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi. Ayniqsa, swnggi yillarda aholi, xususan, xotin-qizlar wrtasida uy sharoitida pilla etishtirishga qiziqish ortib borayotgani etiborga loyiq.

Beruniy tumanida ham pillachilik ananasi yuksak saviyada davom ettirilmoqda. Bu yilgi mavsumda tumandagi kwplab oilalar, ayniqsa, xotin-qizlar pilla parvarishi bilan shuǵullanib, yurtimiz iqtisodiyotiga va oila farovonligiga wz hissalarini qwshmoqdalar.
Shulardan biri — Ibn Sino mahallasida yashovchi Muxabbat Abdullaeva. U joriy mavsumda 4 quti ipak qurti olib, ularni namunaviy parvarishlash orqali 1 tonna pilla etishtirishni maqsad qilgan. Hozirgi kunda oila azolari va yordamchilar bilan birgalikda pilla terimi qizǵin davom etmoqda.
Pillachilar mehnatini raǵbatlantirish maqsadida tuman hokimining wrinbosari, Oila va xotin-qizlar bwlimi rahbari S.Kozieva ularning xonadonlariga tashrif buyurdi. U mehnatkash ayollarga samimiy tilaklar bildirib, kumush tola barakasini tiladi, – dep malumot beradi tuman hokimligi Axborot xizmati bwlimi boshliǵi A.Urazova.

Qoraqalpoǵiston axborot agentligi