Nukusda Birinchi Orol madaniyat sammiti bwlib wtdi

Bugun dunyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar, etakchi ekspertlar hamda nufuzli ommaviy axborot vositalari vakillarining diqqat-etibori Wzbekistonga qaratilgan. Sababi, 3-4 aprel kunlari yurtimizning qadimiy madaniyat wchoǵi bwlgan gwzal Samarqand shahrida mamlakatimiz siyosiy hayotidagi katta tarixiy voqea “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” birinchi sammiti va uning doirasida Global iqlim forumi bwlib wtgan bwlsa, bu tadbir 5 aprel kuni Nukus shahridagi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Oqqush majmuasida wz ishini boshlagan “Orol madaniyat sammiti”ga ulanib ketdi.
Wzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 mart kuni “Orol madaniyat sammitini yuqori saviyada wtkazish twǵrisida”gi qarori qabul qilinib, Orol mintaqasida qulay tabiiy muhit yaratish, hududning noyob madaniyati va tarixiy merosini asrab-avaylash va keng tarǵib qilish, bu ywnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini, innovacion loyihalarni va bunyodkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlik va muloqotlarni yanada kengaytirish borasida wtkazilayotgan ushbu tarixiy tadbir kelgusi vaqtlarda har wn sakkiz oyda wtkazilishi belgilanmoqda. Wzbekiston Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamǵarmasi tomonidan tashkil etilayotgan sammitda Evropa davlatlari va mamlakatimizning sanat, madaniyat sohasining taniqli mutaxassislari, siyosatchilar, ekspertlar, rassomlar, dizaynerlar va ekolog olimlar ishtirok etmoqda.
“Orol madaniyat sammiti”ning tantanali ochilish marosimida Wzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi S.Mirziyoeva ishtirok etib ekologik global muammoning ideal echimi bwlgan Orolning qurigan tubini yashil wrmonzorga aylantirish bwyicha qilinayotgan ezgu ishlarga twxtalib wtdi va dunyo keng jamoatchiligining ekologik vaziyatlarga befarq emasligini takidlab, sammitning ochilishi bilan barchani tabrikladi.
Shundan swng Ózbekston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T. Xudoyberganov, Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jwqorǵi Kengesi Raisi A.Orinbaev swzga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan Qoraqalpoǵistonga qaratilayotgan alohida etibor va ǵamxwrlik haqida twxtalib wtdi. Orolbwyini rivojlantirish va yashil makonga aylantirish bwyicha qilinayotgan keng kwlamli chora-tadbirlar raqamlarda wz tasdiǵini topmoqda. Bugungi kunga kelib dengiz tubida 1 mln 850 gektar er maydoniga wrmonzorlar barpo etildi. Bu yilgi mavsumda ham 200 ming gektar maydonga chwlga chidamli wsimliklarni ekish ishlari davom etishini takidladi. Bunday ishlarga bugun dunyo keng jamoatchiligining diqqat-etibori qaratilayotganligi hammadan ham muhimdir.
Takidlanganidek, Wzbekiston Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamǵarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur sammit sanat, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali muloqot va harakatni rivojlantirishga qaratilgan. Orol madaniyat sammiti (ACS) Orol dengizi inqirozi va global iqlim muammolarini hal qilishning barqaror echimlarini wrganish va amalga oshirish maqsadida ikki shahardagi etakchi madaniyat arboblari, siyosatchilar, rassomlar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ekspertlarni birlashtiradi. Tadbir Samarqandda mintaqa va Evropa davlatlari rahbarlari ishtirokida bwlib wtayotgan Wzbekistonning ekologik va ijtimoiy rivojlanish bwyicha mintaqaviy hamkorlikka sodiqligini mustahkamlaydigan birinchi Global iqlim forumi doirasida ochilganligi bilan ham muhimdir .
Sammit rezidenciyalar, laboratoriyalar, seminarlar, kwrgazmalar va festivallarni wz ichiga olgan tashabbuslar orqali Wzbekistonning Qoraqalpoǵiston mintaqasida innovaciyalar va ijobiy wzgarishlarni amalga oshirishga intiladi. Shuningdek, sammit mintaqa atrof-muhitini qayta tiklash va jonlantirish, shu bilan birga, sirkulyar iqtisodiyot tamoyillariga mos keladigan yangi korxonalarni jalb etish, barqaror iqtisodiy wsishni yaratishga qaratilgan. Loyiha 2023 yil mart oyida Nyu-Yorkda bwlib wtgan BMTning Suv konferenciyasi choǵida rasman elon qilingan. U jahon hamjamiyati etiborini Orolbwyining ekologik va madaniy muammolariga qaratishda muhim qadam bwldi.
– Orol madaniyat sammiti bu wzgarishlar uchun maydon va minbardir. Madaniy muloqotni iqlim kun tartibi bilan uyǵunlashtirish orqali biz sanat uzoq muddatli barqaror rivojlanishga bwlgan jamoaviy intilishlarimizga hissa qwshishini kafolatlaymiz. Bizning “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti” va Global iqlim forumi bilan hamkorligimiz atrof-muhit wzgarishini raǵbatlantirishda madaniyatning zalvarli wrin egallashini takidlaydi, – deydi Wzbekiston Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamǵarmasi raisi Gayane Umerova.
Tadbirda maruzalar tinglanib, savol-javob va fikr almashinuvlar bilan davom etdi.
– Orol dengizi muammosi bilan tanishib chiqqanimdan swng men bu sammitni uzoq kutdim. Bu Qoraqalpoǵistonga uchinchi tashrifim. Ilgari Mwynoq tumanida ham bwlganman va bu wlka menga juda yoqib qoldi. Mening kasbim agrar soha bilan boǵliq bwlgani uchun iqlim wzgarishiga oid har bir masala va muammo juda dolzarb, deb wylayman. Wzimning Orolga bwlgan muhabbatim jamlangan “Aytilmagan hikoyalar” nomli kitobimni ham nashrdan chiqarganman. Hududda yoshlarga qaratilayotgan etiborni kwrib juda xursand bwldim. Progressivlar, dizaynerlar va juda mohir reaktiv fikrga ega bwlganlarni birlashtirib dunyoga kwrsatishda esa, Nukus eng qulay joy bwladi degan fikrdaman, – deydi Buyuk Britaniyalik yozuvchi va jurnalist Filip Mogan.
Orolbwyi mintaqasini jonlantirish, qayta tiklash va jahon iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan yangi korxonalarni ishga tushirish, barqaror iqtisodiy wsishni yaratish sammitning ustuvor ywnalishlaridan biri bwldi.
– Bugungi sammitda dunyo bwylab ikki yuzdan ziyod ekspertlar, faylasuflar, dizaynerlar va sohaga oid mutaxassislar ishtirok etmoqda. Tadbirni wtkazishdagi muhim jihat shundaki, dunyo etibori yana bir bor Orol muammosiga, madaniy masalalarga, mintaqaga qaratilmoqda. Albatta, nafaqat madaniy masalalar, balki Orol dengizi atrofidagi bugungi kundagi ekologik muammolar haqida ham swz yuritilmoqda. Nukus shahrida turli soha ekspertlarining yiǵilishi kelajakda ekologik va madaniy masalalarni hal qilish uchun katta platforma hisoblanadi. Bu yangi loyihalarga ywnalish bwladi, deb ishonamiz, – deydi Orolbwyi xalqaro innovaciya markazi direktori B.Habibullaev.
Sammit CHilpiq tarixiy maskanida tashkil etilgan madaniy tadbir bilan davom etib, unda wtkazilgan koncert dasturida sanat va madaniyat xodimlari, yosh istedod egalari ijrosidagi qwshiqlar, mohir raqqosalarning ajoyib chiqishlari tomoshabinlar etiboriga havola etildi va yiǵilganlarda katta taassurot qoldirib, xush kayfiyat ulashdi.
Tadbirning ikkinchi kuni ham ishtirokchilarning maruzalari va taklif-mulohazalari bilan davom etdi. Olimlar, ekspertlar wz ilmiy ishlaridan kelib chiqib, ushbu hududdagi ekologik muammolarni hal etish bwyicha misollar bilan fikr almashdi. Tadbirda respublikamizdagi kwngilli yoshlar va yosh olimlar ham faollik kwrsatdi.
Sammit I.V.Savickiy nomidagi muzeyda bwlib wtgan madaniy tadbir bilan davom etdi.
Gulnora Turdishova, Qoraqalpoǵiston axborot agentligi sharhlovchisi.
Maqsad Habibullaevning olgan suratlari