Professor-wqituvchilar wrtasida ilmiy hamkorlik kengaymoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Zoom platformasi orqali Malayziyaning Sulton Idris universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-wqituvchilari ishtirokida Scopus bazasida maqolalar tayyorlash va chop etish bwyicha “Scopus – indexed journal writing Game Changing Hacks” mavzusida vebinar bwlib wtdi.
Ushbu vebinarning asosiy maqsadi – ikki universitet professor-wqituvchilari wrtasida ilmiy hamkorlikni yanada faollashtirish, shuningdek, Scopus bazasida maqolalar tayyorlash va uni nashr etish bwyicha tajriba almashishdir.
Vebinarda maqolalarni yozishda ilmiy va metodologik talablarni twliq bajarish, maqolaning tuzilishi haqida malumotlar berilib, ilmiy yondashuv zarurligi takidlandi. Shuningdek, maqolalarni chop etish jarayonida Scopus bazasi talablariga muvofiq, ilmiy aniq va sifatli materiallar taqdim etishning ahamiyati takidlandi.
Tadbirda professor-wqituvchilar wrtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, wzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilinib, birgalikda Scopus bazasida maqolalar chop etish bwyicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Shu orqali, har ikki universitetning ilmiy salohiyatini yanada kuchaytirish va global ilm-fan maydonida wz wrnini yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.
Qoraqalpoǵiston axborot agentligi.