O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy qilish, kuchli olimpiya zaxirasini yaratish orqali sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:

1. Olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos ta’lim muassasasi shaklidagi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkiletilsin.

2. Belgilansinki, 2022/2023 o‘quv yilidan (2022 yil 1 sentyabrdan) boshlab:

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari kontingenti faqatolimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno);

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining tegishli paralimpiyasport turlari bo‘limlarigayuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 10 foizgaчa qo‘shimcha kvotalar ajratiladi;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’lim hamda o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarida amalga oshiriladi;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul kvotalari har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan, sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar va ayollar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab teng ravishda belgilanadi (2022/2023 o‘quv yilida ayollar ulushi 30 foiz, 2023/2024 o‘quv yilida – 40 foiz, 2024/2025 o‘quv yilida – 50 foizni tashkil qiladi);

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari mavjud moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib hududlarda rivojlangan olimpiya va paralimpiya sportturlariga ixtisoslashtiriladi;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi bekor qilinadi hamda o‘quvchilar to‘liqDavlat byudjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari direktorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari va jamoatchilik vakillariga ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har yil yakuni bo‘yicha hisobot beradi va uning natijasiga ko‘ra ular faoliyatiga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi. Bunda baho natijalari kollejlar direktorlarini rag‘batlantirish (shu jumladan, boshqa lavozimlarga ko‘tarish) va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish (shu jumladan, lavozimidan ozod qilish) uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga joylardan iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashga (seleksiya) yaqindan ko‘maklashadi, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun boshqa sport-ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatiladi;

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududlarda seleksioner lavozimini joriy etadi.

Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov):

Moliya vazirligi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda uch oy muddatda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul parametrlarini tegishli hududlardagi aholi, sport bilan shug‘ullanuvchilar, sport-ta’lim muassasalari soni va boshqa muhim ko‘rsatkichlardan kelib chiqib oshirish orqali shakllantirish, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida olimpiya va paralimpiya sport turlarini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

ikki oy muddatda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida ajratilgan mablag‘lar doirasida xo‘jalik xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yo‘lgaqo‘ysin;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlaridagi noolimpiya sport turlari bo‘yicha yo‘nalishlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu kollejlarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishini ta’minlasin.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A.Aripov) mazkur qarorga muvofiq, 2022 yil 1 iyunga qadar olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlasin.

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

2022 yildan boshlab tuman (shahar)da olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazishni moliyalashtirish uchun 110 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi (respublika byudjetidan – 55 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan – 55 milliard so‘m) hamda ushbu maqsadlar uchun har yili har bir tuman (shahar)ga 300 million so‘mdan 1 milliard so‘mgacha beriladi. Bunda ushbu mablag‘larning ajratilganligi va uning xarajatlari “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi;

har bir mahalla, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasida jamoaviy sport turlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol va boshqalar) bo‘yicha jamoalartuziladi. Bunda mahalladagi jamoalarga – sport-ta’lim muassasalari trenerlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalaridagi jamoalarga – jismoniy tarbiya o‘qituvchilari mas’ul etib belgilanadi;

oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlarining 3-4-kurslarida tahsil olayotgan talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, sport-ta’lim muassasalarida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi hamda ularga o‘rta maxsus ma’lumotli pedagogning bazaviy tarif stavkalari bo‘yicha har oyda ish haqi to‘lab boriladi;

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchi, trenerlar va boshqa mutaxassislarga, shu jumladan, xorijiy sport mutaxassislariga Davlat byudjetidan to‘lanadigan oylik ish haqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan mezonlar asosida to‘lab beriladi.

4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq respublikada xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster, O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvonlari, shuningdek, O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod, birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlaribelgilangan.

Turizmva sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida 2022 yil 1 yanvardan boshlab unvonli va razryadli sportchilarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki:

davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-ta’lim muassasalarining o‘quv yili boshidan boshlab rejali ishlashini tashkil etish, ular rahbariyati va trenerlar tarkibining mas’uliyatini oshirish, sport ob’ektlari va inshootlaridan samarali foydalanish, byudjet mablag‘larini to‘g‘ri ishlatish maqsadida joriy qilinadi;

davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, trenerlarning sifat tarkibi, shug‘ullanuvchilarning soni va boshqa muhim ko‘rsatkichlardan kelib chiqib shakllantiriladi;

davlat buyurtmasi asosida unvonli va razryadli sportchilar sport turlari reyestriga kiritilgan hamda yagona sport tasnifi mavjud bo‘lgan sport turlari bo‘yicha tayyorlanadi;

sport unvonlari va razryadlari sportchilarga umrbod beriladi;

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish uchun saralash musobaqalari, jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun nomzodlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblari birinchi navbatda unvonli va razryadli sportchilar orasidan tanlab olinadi.

Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov):

har yilitegishincha 1 avgust va 1 yanvarga qadar sport-ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan unvonli va razryadli sportchilarning davlat buyurtmasini tasdiqlasin;

ikki oy muddatda 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sport turlaridan kelib chiqib sport turlari reyestrini qayta tasdiqlasin.

5. Belgilansinki, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

bolalar-o‘smirlar sport maktablari,ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlariga o‘quvchilarni qabul qilishda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganligi muhim mezon hisoblanadi;

bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyatiga sportga keng jalb qilingan bolalar va o‘smirlar, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul qilingan o‘quvchilar soniga qarab baho beriladi;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari,olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyatiga davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy
va zaxira tarkibiga kiritilgan sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo, O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari) g‘oliblari va sovrindorlari soniga qarab baho beriladi;

bolalar-o‘smirlar sport maktablari,ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari rahbarlarining sport bo‘yicha o‘rinbosarlari va trenerlarihar yarim yilda kamida bir marta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bevosita tashrif buyurib, iqtidorli yoshlarni tegishli sport-ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha seleksiya ishlarini amalga oshiradi;

oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgito‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarigaqo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichining maxsus sport fanlarini muvaffaqiyatli (a’lo bahoda) tamomlagan bitiruvchilar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hamda oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga yakka tartibdagi suhbat orqali davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida 3-4-kurslarda tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti ularning yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor ravishda davlat sport-ta’lim muassasalarida tashkil etiladi;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilariga yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar, davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da joylashgan davlat sport-ta’lim muassasalarida4 yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

6. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliysport mahorati instituti tashkil qilinsin.

Belgilansinki, Oliysport mahorati institutiga faqat olimpiya
va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirib, olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Turizm va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.

7. Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov):

uch oy muddatda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini tubdanqayta ko‘rib chiqib,yangi takomillashtirilgan tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

uch oy muddatda tuman (shahar) markazlarida joylashgan sport-ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish evaziga 2022-2025 yillarda ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning byudjetdan tashqari tushadigan tushumlari hisobiga qoplanadigan ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha reja-jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2022 yil 1 martga qadar barcha davlatsport-ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda trenerlariniattestatsiyadan o‘tkazsin hamda uning natijasi asosida chuqur bilim, tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;

2022 yil 1 aprelga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda sport-ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibinitubdan qayta ko‘rib chiqib,yangi takomillashtirilgan tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Belgilansinki, 2022 yil 1 avgustdan boshlab hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasi (keyingi o‘rinlarda ­– Platforma)orqaliamalga oshiriladi.

Bunda:

Platforma Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT-park direksiyasi rezidentlari bilan birgalikda ishlabchiqiladi va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlanadi;

Platformani ishlab chiqish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston sport delegatsiyasining 2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan yozgi XXXII Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;

Platforma o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)ning barcha bosqichlari bilan bog‘liq hujjatlarni raqamlashtirish, barcha sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish, Davlat byudjetidan sport sohasi, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag‘lar taqsimlanishi va ishlatilishining to‘liq nazoratini amalga oshirish, ular bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish, sport-ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini ta’minlaydi;

Platforma sportsinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) bilan integratsiya qilinadi;

sportchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maqsadida Platformada videoxosting joylashtiriladi;

Platformada joylashtirilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar sport sohasining malakali mutaxassislari xulosalariga asosan tanlab olinadi, eng yaxshi qisqa metrajli videorolikni joylashtirgan shaxslar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi;

Platformani ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish hamda keyinchalik modernizatsiyalash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalari Turizm va sport vazirligiga yuklatiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi mazkur banddagi vazifalarni to‘liq amalga oshirsin hamda Platformaning 2022 yil 1 июлga qadar ishga tushirilishini ta’minlasin.

9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra sport turlari bo‘yicha:

a) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari):

1-bosqich – mahalla (muassasa) miqyosida;

2-bosqich – tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida;

4-bosqich – respublika miqyosida amalga oshiriladi;

b) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)ning final bosqichlarida faqat mazkur musobaqalarning quyi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va tegishli hujjatlarni Platformaga joylashtirgan jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etadi. Bunda ushbu talablarga rioya qilinmasa, jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

v) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari) bilan ketma-ketlikda mavjud paralimpiya sport turlari bo‘yicha ham shu tartibda musobaqalar o‘tkaziladi.

10. Sport-ta’lim muassasalariga yosh o‘quvchi-sportchilar bilan ishlash tajribasiga ega va faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xorijiy mutaxassislar (trener, o‘qituvchi va boshqalar)ni jalb qilishning quyidagi tizimi joriy qilinsin:

Turizm va sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har bir olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida kamida bitta sport turidan xorijiy mutaxassis (trener va o‘qituvchilar)ni jalb qiladi va xorijiy mutaxassis ishtirokida mahalliy sportchilarni tayyorlash metodikasi takomillashtiriladi;

Turizm va sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarga 3-5 nafar malakali mahalliy mutaxassislar hamda talabalarni biriktirgan holda tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi hamda trenerlar “Oltin fondi” yaratiladi;

xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar va o‘quvchi-sportchilar ishtirokida Turizm va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq mahorat saboqlari, seminar, konferensiya va davra suhbatlari o‘tkaziladi;

olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning bosh (katta) trenerlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish,shu jumladan, xorijiy sport mutaxassislarini ishga qabul qilish Turizm va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

Tashqi ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi buyurtmanomalariga ko‘ra olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa sport-ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Ichki ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi buyurtmanomalariga ko‘ra olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa sport-ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ko‘p martalik vizalar muddati uzaytirilishini hamda ular O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinishi va muddati uzaytirilishini ta’minlaydi.

11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ajratilgan mablag‘lar doirasida:

mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini ёритishga oid brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin;

Kinematografiya agentligi bilan birgalikda yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yo‘li, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti to‘g‘risida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar, maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ning ular o‘tkazilishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlangan media-reja asosida ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot qilinishini amaliyotga joriy etsin.

12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul
va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.M. Shaabduraxmanov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

 

                          O‘zbekiston  Respublikasi

                                     Prezidenti                            Sh.MIRZIYOEV

 

   Toshkent shahri,

         2021 yil 5 noyabr