Finlandiya mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlarning “Lockheed Martin” harbiy sanoat korporatsiyasi bilan “F-35” qiruvchilarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Shu xususdagi qaror ushbu mamlakat Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 dekabrda qabul qilingandi.
Mudofaa vaziri Antti Kaykkonen sanoat bo‘yicha hamkorlik shartnomasini 11 fevralda imzoladi. Kelishuv samolyot va dvigatel ishlab chiqaruvchi korporatsiya bilan birgalikda imzolandi, deyiladi ma’lumotda.
Ko‘p maqsadli qiruvchi havo kemalari xaridi AQSH hukumatining harbiy vositalarni xorijga sotish bo‘yicha amaliyoti doirasida amalga oshadi.