AQSH prezidenti Jo Bayden ta’minot zanjiridagi muammolarga barham berib borilishi bilan 2022 yil mamlakatda inflyatsiya darajasi pasayishini kutmoqda, deb xabar berdi “Reuters”agentligi.

Iste’mol mollari narxi keyingi qirq yil davomida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan sharoitda Bayden ta’minot bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga va’da bergandi.
Oq uy rahbari “NBC News”ga bergan intervyusida o‘z ma’muriyatining avtomobil narxi keskin oshib ketishiga sabab bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar tanqisligi muammosini yechish bo‘yicha olib borgan ishlari samara berayotganini aytdi.
“Natijada narx pasaymoqda”, dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, dekabrda AQSHda mahsulot va xizmat narxi 7 foiz oshgani, bu keyingi 40 yildagi eng keskin o‘sish ekani ma’lum qilingandi.