Germaniya Federativ Respublikasi
Federal Prezidenti
Frank-Valter Shtaynmayyer
Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Bavariya federal yerida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi.
Chuqur ta’ziya izhor etaman, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, barcha jabrlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman.
Qayg‘u bilan,
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti