Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro O.O. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasidagi hujjatlarda ko‘rsatilgan “plyonka chiqindilari” tovarlari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, dastlabki so‘rovga ko‘ra qiymati 480 million so‘mga teng bo‘lgan jami 12 tonna “polietilen plyonka” tovari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, mazkur post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.P boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida, avtomashinada umumiy qiymati 73 million 900 ming so‘mlik hujjatlarda ko‘rsatilmagan avtomobil shinasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA