O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Oliy Majlis huzurida tashkil etilgan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Institut direktori lavozimiga deputat Rahimjon Hakimov tayinlandi.
Institutda 37 shtat birligi joriy etilib, 7 bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular turli sohalar bo‘yicha qonunlarni takomilllashtirish borasida ish olib boradi.
Institut Oliy Majlisga kelayotgan turli takliflarni chuqur tahlil qiladigan ilmiy markaz vazifasini bajaradi.
Ulug‘bek Asrorov, O‘zA